Hurmatli tadbirkorlar!
     Soʼnggi yillarda tadbirkorlarning iqtisodiyot va jamiyatda tutgan oʼrni keskin oshib, tadbirkorlik faoliyati barcha soha, tuman, qishloq va mahallalargacha kirib bordi.
     Shu munosabat bilan, yaqin kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oʼtkazilishi rejalashtirilmoqda.
      Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash boʼyicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
      Joriy yil 20 iyuldan 31 iyulgacha faoliyatingizga bogʼliq masala, biznesingizni kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan gʼoya va takliflar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishingiz mumkin.
      Sizning murojaatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim va bu imkoniyatni boy bermang! Faol boʼling!